Kontent qismiga oʻtish

Bob Maqbarasi (Bobiylik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bob Maqbarasi, Hayfa, Isroil

Bob MaqbarasiIsroilning Hayfa shahridagi Karmal togʻi yonbagʻirlarida joylashgan inshoot boʻlib, u yerda Bobiylik E'tiqodi asoschisi va Bahoiy E'tiqodidagi Bahoullohning jarchi-mujdasi bo'lmish Bob jasadining qoldiqlari dafn etilgan; bu joy Bahoiylar uchun Akrdagi Bahoulloh ziyoratgohidan keyin, yer yuzidagi ikkinchi eng muqaddas joy hisoblanadi. Uning Karmal tog'idagi aniq joylashishi kerak bo'lgan yerini, 1891 yilda Bahoullahning o'zi katta o'g'li Abdul-Bahoga tayinlab ketgan. Abdul-Baho bino qurilishining rejasini tuzadi, bir necha yil o'tgach qurilish uning nabirasi Shavqi Affandi tomonidan loyihalashtirib, qurib bitkaziladi.

Abdul-Baho kutganidek, 18 oynadan iborat aylana baraban ustiga o'rnatilgan gumbaz, dizaynning toji bo'ldi. Bu esa, o'z navbatida, sakkizburchakli qurilma ustiga o'rnatilgan bo'lib, bu taklifni Shavqi Affandi kiritgan. Toshdan qurilgan bino arklar qatori bilan o‘ralgan. Ziyoratgohning tashqi va ichki qismini qayta tiklash loyihasi 2008 yilda boshlangan va 2011 yil aprel oyida yakunlangan [1]

Birinchi maqbara

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahoulloh Hayfa-Akka hududiga Usmonlilar imperiyasining asiri sifatida keladi. Xuddi shu yili Falastindagi nemis Templer koloniyasi Hayfada tashkil etilgan bo'ladi. Yillar o'tib, qattiqqo'l qamoq jasosidan ozod bo'lgach, u Karmel tog'idagi Templer koloniyasiga bir necha bor tashrif buyuradi va Templer harakatining asoschilaridan biri Georg Devid Xardegga xat yozadi. [2] Keyinchalik u, o'g'li Abdul-Bahodan Templerchilar koloniyasi yo'li (Karmal prospekti) bo'ylab, o'sha qatorni davom ettirib, tog'ning yarmiga yetadigan joyda, dinning mujdasi bolmish "Bob"ning nomiga ziyoratgoh qurishni so'raydi. [3] Templer binolari va ziyoratgohning birlashib ketishi zamonaviy Hayfa shahrining eng muhim diqqatga sazovor joyiga aylandi.

Bob jasadining qoldiqlari 1909 yil 21 martda, mahalliy toshdan yasalgan olti xonali maqbaraga dafn etilgan. 1921 yilning noyabrida, alohida xonada Abdul-Baho ham dafn etiladi. 1929 yilda maqbaraga yana uchta xona qo'shiladi. [4]

Maqbaraning yakuniy ko'rinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nemis koloniyasining joylashuvi, Hayfa 1880 PEF Falastin xaritasida; maqbara ko'rsatilgan asosiy yo'lning janubiy uchida qurilgan.

1949 yilda ustki tuzilmaning birinchi tamal toshi Shog'iy Effendi tomonidan qo'yilgan. Maqbaraning ust qismidagi qurilish 1953 yilda yakunlangan va uning sarf-xarajatlari butun dunyo bahoiylari tomonidan qo'llab-quvvatlangan. [4]

Me'mor Uilyam Sazerlend Maksvell, Kanadalik Bahoiy bo'lib, u beaux-arts architecture me'morchilik san'atiga ega edi, hamda Shavqi Affandining qaynotasi edi. Shavqi Affandi unga umumiy yo'riqnoma beradi, jumladan G‘arb va Sharq uslublarini qo‘llash bo‘yicha, lekin badiiy detallarni Maksvellning o'ziga qoldiradi. Maksvell disaynga kiritgan pushti rang Baveno granit ustunlari, sharqona uslubdagi Chiampo toshidan qilingan arklar kollonadasi va oltin gumbaz, Sharq va G'arb proportziyalari va uslubini uyg'unlashtirishga qaratilgan. Maksvell 1952 yilda vafot etadi va Shavqi Affandi ziyoratgohning janubiy eshigiga uning nomini beradi. Gumbazning qolgan konstruktiv muhandislikka oid ba'zi yoylarini Hayfa Technion Universiteti Professori H. Neumann ishlab chiqib, oxirigacha yetqazadi. [4]

1952-yilda Illinoys shtatining Vilmett shahridagi Bahoiy Ibodat Uyi qurilishi bilan yaqindan aloqador bo‘lgan Amerikalik Bahoiy Leroy Ioas Shavqi Affandiga qurilish jarayonida yordam beradi. Ioas o'zining ma'muriy qobiliyatlari va amaliy aqlini baraban va gumbazning qurilishini nazorat qilish uchun ishga soladi, bu vazifa murakkab texnika mavjud bo'lmagan holda bajarilgan. Shavqi Affandi sakkizburchakdagi eshikni uning nomi bilan atagan. [4]

Ikkinchi jahon urushidan keyin mintaqada qurilish materiallari tanqisligi sababli, Bob ziyoratgohi uchun toshlarning aksariyati Ugo Giachery yordami bilan Italiyada o'yilib, Hayfaga jo'natilgan. Maqbaraning eshiklaridan biri Giacheri nomi bilan atalgan. Inshootning yuqori qismidagi qurilma strukturasi o'sha paytda Evropadan dunyoning har qanday nuqtasiga ko'chirib o'tilgan eng katta yig'ma bino bo'lgan. [4]

Dizayn va kompozitsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gumbaz 12 000 dona baliq tangasi shaklidagi plitkalardan iborat bo'lib, ularning 1950-yillardagi asl nusxasi Gollandiya kompaniyasi yaratgan maxsus texnologiya asosida ishlab chiqilgan, unga binoan loydan yasalgan plitkalar uch marta kuydirilgan, dastlabki ikki martasida ular boshqa sirlar bilan va oxirgi martasida 15% li oltin eritmasi bilan pishirilgan. [5]

50 yildan ortiq ko'rsatilgan tashqi ta'sir ostida eski plitkalar qattiq zarb yeb, shikastlangan va 2011 yilda taqdim etilgan yangi plitkalarning shakli va o'lchami 120 dan ortiq bo'lib, Portugaliyada yasalgan: ular chinnini qayta-qayta kuydirib sirlash, oltin eritmasi bilan qoplash va nihoyatda bardoshli himoyalovchi qoplamani yopishtirishdan iborat innovatsion jarayonni qo'llash orqali ishlab chiqarilgan. [1] [4]

Sakkizburchak va baraban

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bob qabrining asosiy qurilma binosi ustida joylashgan qismi sakkiz burchaklidir. [4] [6]

Sakkizburchak va gumbaz orasiga oʻrnatilgan silindrsimon baraban 11 metr balandlikka koʻtarilib, sakkizburchak tepasida aylana shaklidagi temir-beton halqaga tayanadi. [4] [6]

Dekoratsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara yuqorisidagi panjaralar zumrad yashil va qirmizi mozaikalar bilan bezatilgan, uning to'rt burchagida esa, Bahoiy E'tiqodining ramzi bo'lmish, olovda ishlangan, bronzadan yasalgan Ulug'vor Ism joylashtirilgan va yana ko'plab boshqa murakkab bezaklar va naqshlar bor. [4] [6]

Ichki ko'rinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbaraning ichi sokin ibodat va meditatsiya uchun bo'lib, unda marosimlar yoki diniy xizmatlar o'tkazilmaydi. Ichki devorlarida Bahoiylar ziyoratgohni ziyorat qilishda o'qiydigan “Ziyorat lavhasi” deb nomlanuvchi maxsus duo, asli bo'lmish arab tilida va ingliz tilidagi tarjima shaklida osib qo'yilgan. [7]

Shog‘iy Effendi o'zining 1953-yil, 19-avgust maktubida, ziyoratgohni quyidagi nazmiy tarzda tasvirlagan: “…havodan, dengizdan, tekislikdan va tepalikdan qaragan har bir ko'zni maftun etib, zumrad yashil kamari ila, nur to’kib turgan oppoq libosga o’rangan, porloq oltin tojini kiygan Karmal Malikasi Xudoning tog'ida taxtga o’tirdi. [8] Shuningdek, U Maqbarani Daryo-yi-Nurga qargan (Nur ummoni, Bahoullohning Maqbarasi) va uning soyasi ostidagi bo'lgan Koh-i-Nur (Nur tog'i) deb atagan. [9]

UNESKOning Jahon merosi sayti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil 8-iyulda Bobning ziyoratgohi, Hayfa va Akko shahri atrofidagi boshqa bir qancha Bahoiy muqaddas joylari bilan bir qatorda UNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritildi. [10] [11] Bahoiy ziyoratgohlari "Jahon merosi ro'yxatida tan olingan, nisbatan yangi diniy an'analar bilan bog'liq bo'lgan birinchi joylardir". [12] UNESKOning Butunjahon merosi qoʻmitasi ushbu obʼyektlarni “... ajoyib umuminsoniy qadriyatlarga ega" deya hisoblaydi, "zero, ular Bahoiylar uchun ziyorat etish anʼanasining kuchliligi va e'tiqod uchun chuqur ahamiyatga ega joylar ekanligidan guvohlik bergani sabab ro'yxatga kiritilgandir". [13]

"Biz 150 yil ichida, Yaqin Sharqdagi kichik guruhdan deyarli barcha mamlakatlarda izdoshlari bor bo'lgan dunyoviy hamjamiyatga aylangan dinning muqaddas joylarining muhimligi YUNESKO tomonidan tan olinishini olqishlaymiz", deydi Bahoiy Xalqaro Hamjamiyatining bosh kotibi Albert Lincoln.

Terasli bog'lar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terasli bog'lar bilan o'ralgan ziyoratgoh Hayfaning eng taniqli diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lib, millionlab sayyohlarni o'ziga tortadi. Maqbara Karmal tog‘ining etagidan cho‘qqisigacha bir kilometrga cho‘zilgan bo'lib, 19 ta bog‘ terrasalari bilan kengaytirilgan va bu terrassali ayvonlar ham, Maqbara ham tunda yoritiladi. [4] Bahoiylar Bob ziyoratgohi va uning atrofidagi bog‘larni “insoniyatga tuhfa” deb biladilar.

Ma'lumotnomalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 „Beauty of restored Shrine set to dazzle visitors and pilgrims“. Baháʼí World News Service (2011-yil 12-aprel). Qaraldi: 2011-yil 12-aprel.
  2. Tablet to Hardegg (Lawh-i-Hirtík): A Tablet of Bahá'u'lláh to the Templer Leader Georg David Hardegg.
  3. Door of Hope, by David S. Ruhe, pp. 189–193 et al. George Ronald, publisher, 1983
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 „Golden anniversary of the Queen of Carmel“. Baháʼí World News Service (2003-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2007-yil 12-may.
  5. „Golden tile from Baha'i shrine goes on display in museum“. Baháʼí World News Service (2007-yil 20-mart). Qaraldi: 2008-yil 11-avgust.
  6. 6,0 6,1 6,2 Giachery, Ugo. Shoghi Effendi - Recollections. Oxford, UK: George Ronald, 1973 — 68–108-bet. ISBN 0-85398-050-0. 
  7. For pictures of the inner Shrines of the Báb and ʻAbdu'l-Bahá, see The Baháʼí World, Vol. III, p. 22 and Vol. XIV, p. 124.
  8. Giachery, Ugo. Shoghi Effendi - Recollections. Oxford, UK: George Ronald, 1973 — 107-bet. ISBN 0-85398-050-0. 
  9. Khadem, Dhikru'llah (March 1976). "Baháʼu'lláh and His Most Holy Shrine". Baháʼí News (540): 15. 
  10. UNESCO World Heritage Centre. „Three new sites inscribed on UNESCO's World Heritage List“ (2008-yil 8-iyul). Qaraldi: 2008-yil 8-iyul.
  11. World Heritage Committee. „Convention concerning the protection of the world cultural and natural heritage“ (2007-yil 2-iyul). Qaraldi: 2008-yil 8-iyul.
  12. Israeli Baha'i sites recognized by UNESCO (Wayback Machine saytida 2008-09-22 sanasida arxivlangan) Haaretz.com
  13. UNESCO World Heritage Centre. „Baháʼí Holy Places in Haifa and the Western Galilee“ (2008-yil 8-iyul). Qaraldi: 2008-yil 8-iyul.

Qo'shimcha o'qish

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Akerdahl, Per-Olof (2000), „Pilgrimage and Religious Identity in the Bahá'í Faith“, Lights of Irfan, 1-jild, Wilmette, IL: Irfan Colloquia, 1–20-bet
  • Day, Michael V. (2017). Journey To A Mountain - The Story of the Shrine of the Báb (Volume 1: 1850-1921). (Wayback Machine saytida 2021-01-22 sanasida arxivlangan). George Ronald, UK. ISBN 9780853986034ISBN 9780853986034.
  • Day, Michael V. (2018). Coronation on Carmel - The Story of the Shrine of the Báb (Volume II: 1922–1963). (Wayback Machine saytida 2020-02-23 sanasida arxivlangan). George Ronald, UK. ISBN 9780853986102ISBN 9780853986102.
  • Day, Michael V. (2019). Sacred Stairway - The Story of the Shrine of the Báb (Volume III: 1963–2001). (Wayback Machine saytida 2020-07-14 sanasida arxivlangan). George Ronald, UK. ISBN 9780853986225ISBN 9780853986225.
  • Sharon, Moshe (2008), „Prophets and Mountains“, Lights of Irfan, 9-jild, Wilmette, IL: Irfan Colloquia, 315–320-bet
  • Smith, Peter. A Concise Encyclopedia of the Baháʼí Faith. Oxford, UK: Oneworld Publications, 1999. ISBN 1-85168-184-1. 

Tashqi havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]